08 fev 08:22
Yangiliklar
Xokkey

"Tashkent Select" o'z uyida "Qarmet"ga qarshi ikki uchrashuv o'tkazdi
5-6 fevral kunlari xokkey bo'yicha Qozog'iston yoshlar chempionatining navbatdagi o'yinlari o'tkazildi.
Unda "Tashkent Select" jamoasi "Humo Arena" majuasida Qarag'anda shahri sharafini himoya qiluvchi "Qarmet" klubini qabul qildi. Har ikki bahsda qozog'istonlik xokkeychilarning qo'li baland keldi. Ilk kungi o'yin 8:3, ikkinchisi esa 8:5 hisobida "Qarmet"ning g'alabasi bilan yakunlandi.
Malumot uchun, "Tashkent Select" 44 ta o'yindan keyin Qozog'iston yoshlar chempionati turnir jadvalida 18 ochko bilan 11-o'rinni egallab turibdi. Klubning keyingi o'yinlari 18-19 fevral kunlari peshqadam "Jas Batir"ga qarshi bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar