20 fev 18:20
Yangiliklar

"Tashkent Select" Qozog'iston yoshlar chempionati peshqadamiga qarshi kechgan har ikki o'yinda mag'lub bo'ldi
Ikki kun davomida "Tashkent Select" klubi Atirau shahrining "Jas Batir" jamoasini qabul qildi. Har ikki o'yinda qozog'istonlik yoshlar g'alaba qozonib, peshqadamligini mustahkamladi.
Ilk kungi o'yinda 8:4 hisobi qayd etildi. O'yinda Erik Gayniaxmetov (dubl), Albert Dadaxo'jaev va Bogdan Xalevin gollarga mualliflik qilishdi.
Kecha tashkil etilgan ikkinchi bahs esa 10:4 hisobida "Jas Batir" g'alabasi bilan tugadi. Bellashuvda Ruslan Sultonov, Timur Tillaxo'jaev (dubl) hamda Erik Gayniaxmetov shayba kiritishning uddasidan chiqdi.
SHunday qilib, "Tashkent Select" 46 ta o'yin yakuniga ko'ra, Qozog'iston yoshlar chempionati turnir jadvalida 18 ochko bilan 11-o'rinni egallab turibdi. Birinchi pog'onadagi "Jas Batir" hisobida esa 74 ochko mavjud.
Fikrlar