So’nggi yangiliklar

10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0 11:37Йэн Гэрри шу йилнинг охиригача яна жанг қилади — манба 0 09:46Жавоҳир Умматалиевнинг жанг санаси ва манзили ўзгарди 0

27 avg 08:53
Yangiliklar

Xokkey

"Tashkent Select" Qozog'iston yoshlar chempionatida ishtirok etish uchun pul topdi, lekin...

Teglar :  Tashkent Select
Toshkentning "Humo" xokkey klubi va O'zbekiston xokkey federaciyasi axborot xizmatining sobiq xodimi Aleksandr Malishev "Tashkent Select" yoshlar klubi atrofidagi vaziyatga oydinlik kiritdi.

Avvalroq, klub yangi mavsumda ham Qozog'iston yoshlar chempionatida ishtirok etish niyatidaligi, biroq moliyaviy jihatdan qiyin ahvolda ekani aytilgandi.

"Toshkentda muxlislar tushkunlikka tushishgan. Biroq "Tashkent Select" jamoasiga Jastar Hokei Ligasy chempionatida ishtirok etishi uchun pul topishgan, degan mish-mishlarni eshitdim. Men bu malumot tasdiqlanishini juda xohlayman. Milliy terma jamoaga o'tishi kerak bo'lgan xokkeychilar asta-sekin qochib ketishyapti. Aynan bugun o'tgan yilgi "Tashkent Select" yoshlar terma jamoasi etakchilari bo'lgan aka-uka Erik va Bogdan Gayniaxmetovlar NMXDning "Proton" klubi bilan shartnoma imzolashdi. Terma jamoada darvozabonlar muammosi bor, lekin Maksim Egupovning yana bir mavsumga kelishi aniq emas. Ammo endi asosiy ish — butun avlodni yo'qotmaslikdir. 

Hozir Qozog'istonda hamma yangi qonunni kutmoqda. Taxminlarga ko'ra, xorijiy klublarning milliy chempionatlardagi ishtiroki haqida bo'ladi qaror. Ushbu qonun qabul qilingandan keyingina O'zbekiston klubining chempionatda ishtirok etishi mumkinligi oydinlashadi", deyiladi xabarda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing