09 jan 08:32
Yangiliklar
"Tashkent Select" Qozog'iston yoshlar chempionatidagi oltinchi g'alabasini qo'lga kiritdi
Jamoaga bu safar "Kulager" yoshlari raqib bo'ldi.
7 yanvar kuni tashkil etilgan ilk o'yinda qozog'istonliklar 6:4 hisobida zafar quchishgandi. O'sha bahsda vakillarimizdan Timur Tillaxo'jaev, Bogdan Gayniaxmetov, Erik Gayniaxmetov va Ilsur Umerov shaybalarga mualliflik qilishdi.
Kechagi o'yin esa bullitlar seriyasiga qadar borib, yakunda 5:4 hisobida "Tashkent Select"ning g'alabasi bilan yakunlandi. Bu safar Egor Kovalchuk (dubl), Artyom Gryaznov, Bogdan Gayniaxmetov hamda Erik Gayniaxmetov o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.
SHunday qilib, "Tashkent Select" 34 ta o'yin yakuniga ko'ra, 12 ochkoga ega bo'lgan holda 11-o'rinni egallab turibdi. Jamoa keyingi o'yinlarini 11-12 yanvar kunlari o'z uyida "Gornyak" yoshlariga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar