29 noy 10:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Tasirli... UFC jangchisi fojeali tarzda vafot etgan qiziga vidolashuv xatini yozdi
UFC jangchisi Uolt Xarris fojiali tarzda vafot etgan qiziga vidolashuv xatini yozdi.
“Mening yagonam... Hayotimni yaxshilashga harakat qilganing uchun minnatdorchilik bildiraman. Sen meni erkak va eng yaxshi ota bo'lishimga sababchi bo'lding. Sen g'alabalarim va mag'lubiyatlarimda doim birga bo'lding. Sen doim yiqilganimda o'rnimdan turishimga majbur qilding. Meni kuchli bo'lishimni istaysan, lekin men sensiz qiynalmoqdaman. Seni yo'qotish juda juda ham og'ir. Yonimga qaytishing uchun borimni berishga rozi edim, lekin... Sen men bilan faxrlanib yurgansan deb o'ylayman. Men sen uchun ham kuchli bo'laman. Men seni jonimdan ortiq sevaman. Seni bir umr, o'la-o'lgunimga qadar sevaman. Mening kichkinagina yo'lbarscham, endi farishta. Men seni sevaman...“,-deb yozgan Xarris.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar