08 noy 17:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri ertadan aralash qoidalar bo'yicha mashg'ulotlarni boshlaydi
Boks bo'yicha superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri kelayotgan dam olish kunlaridan etiboran aralash qoidalar bo'yicha mashg'ulotlarni boshlaydi.
Bu haqida Tayson o'zining Instagram sahifasida xabar qoldirdi. Britaniyalik bokschiga mashg'ulotlarda vatandoshi, UFCning o'rta vazn toifasi jangchisi Darren Till yordam beradi.
"Yaxshi xabar: dam olish kunlari mashg'ulotlarga kirishaman. Bu borada menga Darren Till yordam beradi. Aynan u mening MMAdagi birinchi murabbiyim bo'ladi", - dedi Fyuri.
Eslatib o'tamiz, bir muddat avval Tayson Fyuri restlerga qarshi jang o'tkazib, g'alabaga erishgandi. Ushbu g'alabadan ruhlangan Tayson o'zini MMAda sinab ko'rmoqchi.
Havola :
Fikrlar