07 may 17:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri faoliyatini yakunlashga shama qildi
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri yaqin orada faoliyatini yakunlashi mumkin.
Sobiq jahon chempioni yana bir necha jangg o'tkazib, qo'lqoplarini mixga ilmoqchi.
Uning prof ringdagi navbatdagi raqibi Tom SHvarc bo'ladi. Mazkur jang 15 iyun kuni Las-Vegasda tashkil etiladi.
"Bu yilni faol o'tkazmoqchiman. Uchta jang o'tkazishga umid qilyapman, keyin esa bo'ldi.
SHvarc bilan jang? U meni nokaut qilishni istayotgan och sherga o'xshaydi. U 24 ta jangda 16 marotaba raqiblarini nokautga uchratgan. Umuman olganda, u yaxshi bokschi hisoblanadi. Tomga past baho berish qimmatga tushishi mumkin", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : IFL TV
Fikrlar