14 may 19:40
Yangiliklar

Tayson Fyuri: "Joshua eskilik sarqiti"
Fyurining so'zlariga qaraganda, Joshua hamon eskicha fikrlaydi, kuchsiz raqiblar bilan jang o'tkazib, o'zini divizionning eng kuchli bokschisi deb hisoblaydi. Bu esa muxlislarning joniga tekkan.
“Joshua qotib qolgan. U zamon o'zgarayotganidan bexabar. Entoni katta janglardan o'zini olib qochyapti. Muxlislar eski plastinkani eshitaverib charchashdi. SHunday ekan, o'zingda kuchli raqib bilan jang qilishga kuch topa ol, senga dovyurak bo'lishni tilayman”, - deya Fyurining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda The Independent.
Eslatib o'tamiz, Tayson Fyuri yaqinda Top Rank promouterlik kompaniyasi hamda ESPN telekanali bilan shartnoma imzolagan edi. Hamkorlikdagi ilk jang 15 iyun kuni AQSHning Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi. Tayson Fyuri shu kuni Tom SHvarcga qarshi ringga ko'tariladi.
Fikrlar