11 noy 12:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri ortiq o'z vatanida jang o'tkazmaydi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri ortiq vatani - Buyuk Britaniyada jang o'tkazmasligini malum qildi.
"Lo'lilar qiroli" qatiyan shu qarorga keldi. Unga Britaniyadagi munosabat yoqmayapti. SHu sababdan ham faoliyatidagi qolgan barcha janglarni AQSHda o'tkazmoqchi.
"Buyuk Britaniya o'z imkoniyatini qo'ldan chiqardi. Menga bu erdagi munosabat yoqmadi. AQSHda esa meni superyulduz kabi qarshi olishdi. Endi faoliyatimning qolgan qismidagi janglarni Britaniyadan tashqarida, ko'proq AQSHda o'tkazaman", - dedi Fyuri.
Eslatib o'tamiz, Tayson Fyuri navbatdagi jangini 2020 yilning fevral oyida WBC chempioni, amerikalik Deontey Uaylderga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Fikrlar