22 may 10:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri: Uaylderga qarshi jang bahorda bo'ladi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri kecha Amerikaning ESPN telekanali mehmoni bo'ladi.
Xabaringiz bor, mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan britaniyalik bokschi yaqinda ushbu telekanal bilan 5 ta jang uchun shartnoma imzolagan edi. Kechagi intervyu chog'ida Fyuri WBC chempioni Deontey Uaylder bilan jang haqida ham fikr bildirdi.
“SHartnomada ko'rsatilgan beshta jangdan ikkinchisi aynan Uaylderga qarshi bo'lib o'tadi. Ushbu jang 2020 yilning mart yoki aprel oyida o'tkaziladi. Ungacha esa yana ikkita jangda ringga ko'tarilaman.
Mendagi xabarlarga ko'ra, Deontey ham uchta jangga shartnoma imzolagan. Kelishuvdagi ilk jang Dominik Brizilga qarshi bo'lib o'tdi. Qolgan ikki jang Luis Ortis hamda Adam Kovnackiga qarshi kechadi”, - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar