30 jan 11:23
Yangiliklar
Tel-Aviv Gran-Prisidan so'ng dzyudochilarimizning reytinglari ko'tarildi
Tabiiyki, Isroildagi turnir o'zbekistonlik dzyudochilarning reytingda egallab turgani o'rinlariga ham tasir o'tkazdi. Bugungi kunda superog'ir, yani +100 kg vazn toifasida O'zbekistonning birinchi raqamli sportchisi bo'lib turgan Bekmurod Oltiboev 8-o'ringa ko'tarilib oldi. Osiyo o'yinlarining bronza medali sovrindori bo'lgan Bekmurod reytingda 3086 ochkoga ega bo'lib turibdi.
Yana bir hamyurtimiz -66 kg vazn toifasidagi Sardor Nurillaev 1699 ochko bilan reytingning 26-pog'onasidan joy oldi. Har ikki dzyudochimiz Isroil Gran-Prisida bronza medali uchun kurashish imkoniyatiga ega bo'la turib, yakunda beshinchi o'rinni egallashgan hamda 252 reyting ochkosiga ega chiqishgandi.
Malumot uchun, Tokio-2020 Olimpiadasiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani reytingning dastlabki 18 pog'onasini band etgan dzyudochilar qo'lga kiritishadi.
Fikrlar