17 sen 11:54
Yangiliklar
![](/upload/storage/19233_220.jpg)
"Temurlang" promouteri Jamshidning jangidan so'ng qanday fikrda?
O'n raundlik ushbu jangda yurtdoshimiz raqibi ustidan yaqqol g'alaba qozongan edi. U raqibini ikki bor nokdaun holatiga tushirgan bo'lsa, hakam ulardan faqat birida hisobni ochdi. Aslida, ikkinchi vaziyatda ham nokdaun qayd etilishi kerak edi.
Qolaversa, bokschimiz butun jang davomida Postolga nisbatan ko'p va aniq zarbalar yo'llagan edi. Afsuski, mezbonlik faktori baribir rol o'ynadi. Jangdan keyin bokschimiz promouteri “Temurlang” klubi rahbari Xusrav Nasrullaev bilan bog'lanib, jangdan keyingi fikrlariga quloq tutdik.
"Jang o'ta murosasiz kechdi. Jamshidni g'alaba qozonganini butun Ukraina xalqi ko'rdi va etirof etdi. Jangdan so'ng muxlislar “yangi Pakyao”, “yangi chempion” deya olqishladilar. Qolaversa, ushbu boks kechasini tashkil qilgan promouterlar ham kelib, hakamlik uchun uzr so'rashdi. O'ylaymanki, ushbu holat kelajakdagi ulkan natijalar uchun sabab bo'ladi", - dedi u.
Fikrlar