19 jan 07:24
Yangiliklar
Tennis Australia Jokovichning deportaciyasi bo'yicha bayonot berdi
«Avvalo, Avstraliya immigraciya vaziri va Federal sudi tomonidan qabul qilingan qarorni hurmat qilishimizni takidlamoqchiman.
Australian Open allaqachon boshlandi va bizning maqsadimiz dunyodagi eng katta sport tadbirlaridan biriga mezbonlik qilish va ishtirokchilar hamda tomoshabinlar uchun eng yaxshi turnirni taqdim etishdir.
O'tgan yili Tennis Australia rasmiylar bilan tennischilar, xodimlar va muxlislar havfsizligini taminlash uchun yaqindan hamkorlik qilgan. Pandemiya davrida bunday keng ko'lamli tadbirni tashkil etish barcha manfaatdor tomonlardan katta say-harakatlarni talab qiladi.
Afsuski, so'nggi voqealar barchani chalg'itdi va sportchilarga tasir qildi. Avstraliya o'zining tennis ananasi bilan faxrlanadi. Hozircha barcha etiborni sevimli o'yinimizga qaratishni taklif qilamiz. Bizni ikki haftalik ajoyib tennis kutmoqda», - deyiladi federaciya bayonotida.
Fikrlar