So’nggi yangiliklar

19:05US Open теннис тарихида рекорд даражадаги соврин жамғармасини эълон қилди 0 18:42Мавлонбек Миркомилов Тошкентдаги Octagon 91 турнирида жанг қилади 0 18:05Моуринью ҳакамларни майдонда Винисиусни ҳимоя қилишга чақирди 0 17:17Мужибилло Турсунов рингга қайтяпти. У Россияда жанг қилади 0 16:30ИНТЕРВЬЮ. Учинчи Олимпиада? Борсам ҳам кумушга рози бўлмайман! — Ҳасанбой Дўсматов 0 15:47Енгил атлетикачиларимиз Марказий Осиё очиқ чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 15:12Жон Жонс UFC’га допинг-тест топширишда давом этяпти 0 14:41"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси жамоани тарк этиши мумкин 0 14:10Усман Нурмагомедов UFC баннерлари фонида сирли пост қолдирди + ФОТО 0 13:46Dana White’s Contender Series ғолиби UFC`да 11 миллион доллар ишлаб топди 0 13:17Ўзбекистон крикет федерацияси Осиё крикети бошқарувидаги иштирокини янада мустаҳкамлади 0 12:42Чемпионлар Лигасининг 2026/2027 йилги мавсуми умумий босқичининг 36 та иштирокчисидан 32 таси маълум бўлди 0 12:13Мовсар Евлоев чемпионлик жангидан сўнг фаолиятини якунлаши мумкин 0 11:41Робот Усэйн Болтнинг рекордини янгилади 0 11:07Дзюдо бўйича терма жамоамиз янги бош мураббий қўл остида Lausanne Grand Slam 2026 турнирига йўл олди (Тўлиқ таркиб) 0

15 sen 17:40
Yangiliklar

Tennis, Bolalar sporti

Tennis maktabida eng yaxshilar saralab olindi + FOTOGALEREYA

Teglar :  Tennis
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi – mamlakatimizdagi etakchi sport maskanlaridan biri sanaladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29 apreldagi «Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabini tashkil etish to'g'risida» 848-son qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 iyundagi “Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabining faoliyatini tashkil etish chora - tadbirlari to'g'risida”gi 132-sonli qarori asosida tashkil topgan mazkur sport dargohida bugungi kunda 55 nafar yosh sportchilar tennisning o'ziga xos sir-asrorlarini o'rganib kelishmoqda. Ortda qolgan yillar davomida bu erda juda ko'plab istedod egalari voyaga etishgan. Takidlash joizki, maktab tarbiyalanuvchilari turli ko'rinishdagi nufuzli musobaqalarda munosib qatnashib, sovrindorlar qatoridan joy olib kelishmoqda. 

Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi rahbariyati bu yilgi qabul jarayoniga har tomonlama puxta tayyorgarlik ishlarini olib bordi. 2020 yil 1-30 iyul kunlari oralig'ida 2009-2010 yillarda tug'ilgan, umumtalim o'rta maktablarining 4-sinfini bitirgan, tennis bo'yicha tayyorlov guruhida kamida 3 yil shug'ullangan, shuningdek, 2008-2009 yillarda tug'ilgan,  5-sinfni bitirgan Respublika chempionatlari g'olibi va sovrindori bo'lgan hamda O'zbekiston tennis Federaciyasi reytingiga ega o'g'il va qiz bolalardan hujjatlar qabul qilindi. 

-  Bu yilgi o'quvchilarni qabul qilish jarayoni o'ziga xos tarzda bo'lib o'tdi, deyish mumkin. Yurtimizda hukmronlik qilayotgan koronavirus pandemiyasi sababli abiturientlarning hujjatlarini qabul qilish ishlarida ayrim muammolar yuzaga keldi. SHunga qaramay,  avgust oyining so'nggi o'n kunligida jismoniy, taktik-texnik va psixologik tayyorgarlik bo'yicha sinovlar uyushtirildi. Imtihonlarni qabul qilish chog'ida karantin qoidalariga to'liq amal qilindi. Masalan, bo'lajak o'quvchilarimizning tana harorati o'lchandi hamda shifokorlar nazoratidan o'tishdi. SHuningdek, sport muassasasi hududida niqob taqib yurishdi va trener-o'qituvchilar hamkorligida harakat qilishdi. O'zaro muloqat chog'ida 2 metrlik oraliq masofa saqlandi. Imtihon ikki kun davom etdi, avvaliga o'g'il bolalar  so'ngra, qizlar o'z omadlarini sinab ko'rishdi. O'zbekiston tennis federaciyasi bosh kotibi Iroda To'laganova, tennis bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi Petr Lebed, O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligidan mutaxassislar hamda O'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti o'qituvchilari  imtihon jarayonini bevosita voqea joyidan kuzatishdi. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlangan qabul komissiyasi azolarining yakuniy xulosasiga ko'ra, belgilangan sinov meyorlarini muvaffaqiyatli topshirgan 9 nafar yosh tennischilar sport maktabimiz o'quvchilari tarkibiga qo'shilishdi. O'ylaymanki,  safimizdan joy olgan istedod sohiblari orasidan kelgusida mahoratli raketka ustalari etishib chiqadi, deydi, biz bilan suhbatda Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi direktori Samig' Abidov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing