11 iyu 15:25
Yangiliklar
Tennis
Tennischi qizlarimiz Malayziyada "Billi Jin King" kubogida qatnashadi
15-20 iyul kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida tennis bo'yicha ayollar terma jamoalari o'rtasida "Billi Jin King" kubogi, Osiyo-Okeaniya II guruhi bellashuvlari bo'lib o'tadi.
Unda guruhning 11 ta terma jamoasi bahs olib boradi.
Bellashuvlarda O'zbekiston, Malayziya, Indoneziya, Hong-Kong, Pokiston, Singapur, SHri-Lanka, Tailand, Mo'g'uliston, Eron hamda Qirg'iziston ayollar terma jamoalari qatnashadi.
Musobaqada eng yaxshi natijani qayd etgan ikkita terma I guruhga yo'l oladi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Toshkent shahrida bo'lib o'tgan Osiyo-Okeaniya I guruh bahslarida mezbon O'zbekiston hamda Tailand termalari so'nggi ikki o'rinni band etgani sababli II guruhga tushib ketgan edi.
Hozircha O'zbekiston tennis federaciyasi musobaqada ishtirok etadigan sportchilarimiz nomini oshkor qilmadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar