24 apr 17:26
Yangiliklar
Tennis
Tennischiga intizomiy chora ko'rildi: u xulqi sabab Olimpiadaga borolmaydi
Franciyalik tennischi Benua Per o'z mamlakati Tennis federaciyasining intizomiy jazo choralariga uchradi, deb xabar bermoqda l'Equipe.
Per Franciya terma jamoasining tarkibida Tokio Olimpiadasiga olib ketilmaydi. Bunga Benuaning Monte-Karlo va Barselonadagi turnirlarda o'zini tutishi sabab bo'lgan.
Federaciya axloq qo'mitasi Perning harakatlarini o'rganib chiqdi va Olimpiadada u bilan hamkorlik qilmaslikka qaror qildi. Federaciya Benuaning Monte-Karlodagi xatti-harakati uchun uzr so'radi va bunday holat takrorlanmasligiga vada berdi, ammo francuz Barselonada yana jarimalar oldi va hakamlar minorasiga tupurdi.
Havola :
Manba : L’Equipe
Fikrlar