21 may 10:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Teofimo Lopes koronavirusdan qo'rqayotgani uchun jang qilmayaptimi?
Engil vaznda IBF yo'nalishi chempioni Teofimo Lopes (15-0, 12 KO) koronavirus sabab ringa qaytishga shoshilmayotganligini aytdi.
SHuning uchun u iyun oyida jang qilish taklifiga rozi bo'lmagan.
"Bu yaxshi g'oya deb hisoblamayman. O'ylashimcha, biz juda erta boksga qaytmoqdamiz. Biz ozgina kutishimiz lozim. Kimdir koronavirus yuqtirib oladigan bo'lsa, bu bizning umumiy xatomiz bo'ladi.
Yana bir yil kutaylik demayman, shunchaki hozirgi vaqtda har tomonlama o'ylash lozim. Men dastlabki boks oqshomlarini va ularning natijalarini kuzataman. O'shanda qaror qabul qilaman", - dedi Lopes.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar