So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

21 jan 16:27
Yangiliklar

Futbol

Ter SHtegen "Barselona" bilan xayrlashdi: "Bu klub va bu kiyinish xonasi 12 yil davomida uyim bo'ldi"

"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter SHtegen jamoani tark etishi munosabati bilan his-to'yg'ularga boy bayonot berdi.

Eslatib o'tamiz, germaniyalik posbon mavsum yakuniga qadar ijara asosida "Jirona" klubiga o'tdi.

"Bugun mening "Barselona"dagi sheriklarim va klub xodimlari bilan bu mavsumdagi oxirgi kunim. Ichimda juda ziddiyatli tuyg'ular kechmoqda. Deyarli 12 yil davomida bu klub, ayniqsa, mana shu kiyinish xonasi men uchun uy bo'ldi. Bu erda men ham futbolchi, ham shaxs sifatida ulg'aydim, unutilmas lahzalarni boshdan kechirdim.

Menda cheksiz minnatdorchilik va faxr tuyg'usi bor. Ushbu klubni, shaharni va mintaqani yaxshi ko'raman. Sizlarning qo'llab-quvvatlashingiz yillar davomida ajoyib bo'ldi, chin qalbdan rahmat aytaman. Kiyinish xonasidagi sheriklarimga ham birga o'tkazilgan yillar, kurashlar va hurmat uchun tashakkur. Sizlarni doim qalbimda olib yuraman.

Jamoa sardori bo'lish men uchun yuksak sharaf edi va bu xotira umrbod men bilan qoladi. Endi mening sayohatim Kataloniyaning boshqa jamoasida davom etadi. "Barsa"ga mavsum yakuniga qadar eng ezgu tilaklarimni tilayman va ko'plab sovrinlar kutib qolaman. Tez orada ko'rishamiz", — deb yozdi ter SHtegen ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Malumot uchun, 33 yoshli darvozabon joriy mavsumda "ko'k-anorranglilar" safida faqatgina bitta o'yinda (Ispaniya Kubogida) maydonga tushdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing