So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

22 okt 17:48
Yangiliklar

Futbol

Terma jamoa JCHga chiqqan bir paytda klublarimizning o'zini ko'rsata olmayotgani g'alati

Teglar :  OCHLNasaf
Iyun oyi quvonchli bo'ldi. O'zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Ko'pchilikning etibori bizda bo'ldi, mundial bilan tabriklaganlar ham ko'p edi. Albatta, Jahon chempionati paytida O'zbekiston terma jamoasiga etibor alohida bo'ladi. Etiborni avvalo Osiyo, shuningdek qo'shni respublikalar hamda MDHning boshqa davlatlari ham qaratadi.

Bizni kuzatish yozdan boshlangan desak mubolag'a bo'lmaydi. Endilikda har bir qadamimizni kuzatishyapti. Terma jamoa boshqaruviga ilgari kim kelmasin chetdan reakciya hozirgidek yuqori bo'lmasdi. Lekin yaqinda Fabio Kannavaroning bosh murabbiy etib tayinlanishiga hamma o'z fikrini bildirdi. Bu ham etibor yuqoriligidan.

Terma jamoa JCHga chiqdi, lekin bu oliy maqsad bo'lib qolishi kerak emas. Oliy maqsad bu - muntazam yaxshi o'yin ko'rsatadigan terma jamoani shakllantirish, O'zbekiston bo'ylab futbol infratuzilmasini ko'tarish, oliy maqsad bu - professional klublar sonini oshirish bo'lishi kerak.

Ravshan Ermatov to'g'ri aytdi: "Biz bir marta Jahon chempionatiga chiqib, keyin "yo'qolib" qolishni emas, balki har doim mundialga boradigan terma jamoaga ega bo'lishni xohlaymiz. Buning uchun esa yanada ko'p mehnat qilishga to'g'ri keladi".

Lekin bir narsani unutmaylik, terma jamoani kuchaytirish avvalo klublarga bog'liq. CHunki klub futbolchi chiqarib bermasa terma jamoa shakllanmaydi. Terma jamoaga mos ravishda klublar ham harakat qilishi va o'zi ishtirok etayotgan musobaqalarda o'zini ko'rsatishga harakat qilishi lozim.

"NASAF"
Masalan, bu yil "Nasaf" Elit OCHLda, "Andijon" OCHL 2da qatnashyapti. Afsuski, ikkala klubimiz ham hali xalqaro maydonlarda g'alaba qozongani yo'q. "Nasaf" Elitda uchta o'yin o'tkazib, uchalasida ham imkoniyatni boy berdi. To'g'ri, birinchi ikkita o'yindagi raqiblar kuchli edi: Saudiya Arabistonining ikki etakchi klubi - "Al Ahli" va "Al Hilol". Har ikkala jamoa bilan o'yin oson bo'lmadi va "Nasaf" 2:4, 2:3 hisoblarida mag'lub bo'ldi.

Lekin kechagi raqib - Dubayning "SHabab Al Ahli" jamoasi o'ynasa bo'ladigan raqib edi. Ammo "Nasaf" 1:4 hisobida mag'lub bo'ldi. Kurashsiz o'yinni boy berdi. Raqib maydonda xuddi bog'da sayr qilgandek yurdi. Juda g'alati ko'rindi. Elit OCHLda o'ynash hammaga nasib etavermaydi, o'zi bor-yo'g'i 12ta klub qatnashadi. Bas shunday ekan, mayli yutqazsa ham jon-jahdi bilan kurashish kerak emasmi?

Uchta o'yinda urilgan gol: 5ta, o'tkazilgani 11ta. Uchta o'yinda 11ta gol o'tkazish - dahshat. Raqiblar xohlagan ishini qilyapti. "Nasaf" esa afsuski, hammaga "kaltakbop bola" rolini o'ynab beryapti. "Nasaf" 4-turni o'z maydonida "Al Vahda"ga qarshi o'tkazadi. Agar bu o'yinni ham o'z foydasiga hal qila olmasa, bemalol Elit OCHL bilan xayrlashsa bo'laveradi.

"ANDIJON"
O'z tarixida ilk bor nufuzli musobaqada qatnashayotgan "Andijon" jamoasining holati esa haminqadar. Na yutyapti, na yutqazyapti, na gol urdi, na o'tkazdi. Bungacha ikkita o'yin va ikkalasi ham 0:0. "Andijon" bugun guruh peshqadami - Bahraynning "Al Xaldiya" klubini qabul qiladi. Bu jamoa 2024/25 yilgi mavsum Qirol Kubogini qo'lga kiritib, OCHL 2 yo'llanmasiga ega chiqqan.

"Al Xaldiya" - futbol o'ynasa bo'ladigan jamoa. 1 oktyabr kuni o'z maydonida "Arqadag'"ni 2:0 hisobida mag'lub etganidan so'ng milliy chempionat doirasida ikkita uchrashuvda maydonga tushib, 3:1 va 4:0 hisoblarida zafar quchdi. O'z chempionatida 5ta turdan keyin 9 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda.

"Andijon"ning eng ustun tomoni o'z maydonida o'ynashi va katta derjavaga ega muxlislar qo'llab-quvvatlashi. Bugun "Bobur Arena" yana "yonadi". Muxlislik super bo'lishini taxmin qilish qiyin emas, lekin o'yin ham shunga yarasha bo'lishi kerak. "Andijon" uchun g'alaba qozonadigan payt keldi.

Yuqorida aytib o'tganimiz, terma jamoa Jahon chempionatiga chiqqan yili hammasi zo'r bo'lishi kerak. Hozir barchaning etibori xalqaro maydonlarga qaratilgan. Futbolchilar oldida ham kam vaqt qolyapti. Zero xalqaro o'yinlarda o'zini ko'rsatish - terma jamoa eshigi ochilishini bildiradi. Bu esa o'z navbatida Kannavaro ishini ham engillashtiradi. Maqtov davomli bo'lishi uchun "Nasaf" va "Andijon" OFK musobaqalarida O'zbekiston sharafini munosib himoya qilishi lozim deb o'ylaymiz.

Xayrulla Xoliqov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing