08 noy 16:24
Yangiliklar
Boks/MMA
Tete chempionlik kamarlarini birlashtirish yo'lida Superseriya g'olibini ringga chorladi
Engil vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Zolani Tete 2020 yilda o'z vazni chempionlik kamarlarini birlashtirish istagida ekanligini malum qildi.
Tete bu yo'lda Butunjahon Superseriyasi g'olibi, WBA va IBF yo'nalishlari chempioni yaponiyalik Naoya Inouega qarshi ringga chiqmoqchi. Aslida Tete ham Superseriyada ishtirok etgandi. Lekin WBA chempioni Nonito Donerga qarshi o'tkazilishi kerak bo'lgan yarim final jangi arafasida elkasidan jarohat olgan edi.
Finalga jangsiz yo'l olgan Doner esa kecha o'tkazilgan hal qiluvchi bahsda aynan Inouega ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi. Zolani Tete 30 noyabr kuni Jonriel Kasimeroga qarshi himoya jangini o'tkazadi.
Havola :
Fikrlar