So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

20 sen 14:17
Yangiliklar

Futbol

Tez orada Xitoy bosh murabbiyi elon qilinadi, yakuniy uch nomzod orasida Kapadze bor

Teglar :  Timur Kapadze
Xitoy futbol associaciyasi (XFA)murabbiy izlash borasidagi arizalarni qabul qilishni nihoyasiga etkazdi va etti nafar murabbiy ichidan yakuniy uchta variantni ko'rib chiqishini malum qildi.

Championat.asia saytiga malum bo'lishicha, oxirgi nomzodlar orasida italiyalik sobiq futbolchi Fabio Kannavaro, O'zbekiston bosh murabbiyi Timur Kapadze va mahalliy murabbiy CHjen CHji o'rin olgan. Endi mana shu uch nomzod ko'rib chiqiladi.

Xitoyning mahalliy nashrlari yozishicha, XFAning asosiy ustuvorligi Timur Kapadze bo'lib turibdi. OAV yozishicha, tashkilot allaqachon Kapadze bilan aloqaga chiqishga ulgurgan.

O'zbekstonlik murabbiyning XFA mezonlariga mos kelishiga bir necha mezonlar sabab bo'lgan:

– yillik maoshi 3 mln evrodan kam;

– ulkan murabbiylik tajribasi;

– yosh ekanligi;

– Osiyo va Evropa futboli borasida tushunchaga ega ekanligi.

Etiborlisi, boshqa murabbiylardan farqli o'laroq, Kapadze Xitoy murabbiyligi uchun ariza topshirmagan. Aksincha, avval XFA u bilan bog'lanib, uni yakuniy nomzodlar ro'yxatiga kiritgan.

Murabbiy tanlovi Xitoy terma jamoasining keyingi to'rt yildagi yo'nalishini belgilaydi. Yangi murabbiy jamoani nafaqat jahon chempionati saralash bosqichiga olib boradi, balki 2030 yilgi jahon chempionatiga ham tayyorlaydi.

Kapadze ayni damda O'zbekiston terma jamoasi sifatida faoliyat yuritadi, biroq uning shartnoma muddati tez orada yakunlanadi. U hozirda XFA taklifini jiddiy ko'rib chiqmoqda. Agar muzokaralar muammosiz davom etsa, kelasi oydan boshlab u rasman o'z lavozimiga kirishishi kutilmoqda.

Avvalroq Timur Kapadze Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing