12 may 18:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Tishenko koronavirusga chalinganini inkor etdi
Avvalroq rossiyalik bokschi Evgeniy Tishenko koronavirusga chalingani haqida xabarlar tarqalgandi.
Lekin, bokschining o'zi ushbu malumotlarni inkor etdi.
"Bu ahmoqona malumot. Men test topshirdim, lekin natija salbiy bo'ldi. Mening koronavirus bilan kasallanganligim haqidagi malumot qaerdan chiqdi? Bu noto'g'ri, rad etaman.
Testni ikki kun oldin topshirgandim", - deya sportchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda "R-Sport".
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar