02 avg 06:14
Yangiliklar
Engil atletika, Tokio-2020
Tokio-2020: Engil atletikachimiz Suhrob Xo'jaev Olimpiya o'yinlarida chiqish qildi
Yaponiyaning Tokio shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiya o'yinlarining bugungi dasturida atigi ikki nafar sportchimiz bahslarda ishtirok etishi belgilangan edi.
Hozirgina bugungi musobaqalarni boshlab bergan sportchimiz o'z ishtirokini yakunladi. Engil atletikaning bosqon uloqtirish bahslarida qatnashgan atletimiz Suhrob Xo'jaev uchinchi urinishidan keyin 71.26 metr natijani qayd etdi.
Biroq, bu natija unga keyingi bosqichga chiqish uchun kamlik qildi. Bosqon uloqtirish bahslarida final bosqichiga chiqish uchun ishtirokchi kamida 77.50 metr natija qayd etishi talab etilar edi. SHu tariqa yana bir sportchimiz uchun Olimpiada bahslari tugadi.
Endi yunon-rum kurashi bo'yicha erkaklar o'rtasida -77 kg vazn toifasida ishtirok etadigan hamyurtimiz Jalgasbay Berdimuratovga muxlislik qilamiz. Uning ishtiroki Toshkent vaqti bilan soat 07:58da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar