06 mar 18:50
Yangiliklar
Tokio-2020, Olimpiya o'yinlari
Tokio-2020: Olimpiya o'yinlarida o'zgarish bo'lishi kutilmoqda
Joriy yilning yoz faslida Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlarining rasmiy marosimlariga kichik bir o'zgartirish kiritiladi.
Malum bo'lishicha, to'rt yillikning nufuzli musobaqasining ochilish va yopilish marosimlarida har bir mamlakatdan bittadan erkak va ayol bayroqdor sportchilar bo'lishi mumkin.
XOQ ijroqo'mi marosimlar protokoliga ishtirokchilar gender tengligini taminlash maqsadida o'zgartirish kiritishni maqulladi. Ushbu o'zgarish ilk bor Tokio olimpiadasidan boshlab amalda qo'llaniladi.
SHuningdek, XOQ ijroqo'mga azo 206 mamlakat va qochoqlar termasidan musobaqada kamida 1 nafar erkak va 1 nafar ayol sportchi ishtirok etishini belgilab qo'ydi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar