07 iyu 15:31
Yangiliklar
Boshqalar
Tokio-2020 o'yinlarining dasturi kengayishi mumkin
Xalqaro Olimpiya qo'mitasining Lozanna shahri (SHveycariya)da bo'lib o'tgan ijroqo'm yig'ilishida 2020 yili Tokio (Yaponiya)da o'tkaziladigan yozgi Olimpiya o'yinlari dasturiga beysbol/softbol, skeytbording, serfing, sport qoyagirligi va karate sport turlarini kiritish taklifi berildi.
Agarda joriy yilning avgust oyida Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o'tkaziladigan Xalqaro olimpiya qo'mitasining 129-sessiyasida ushbu taklif maqullansa, Olimpiada dasturida katta o'zgarishlar bo'ladi.
Xususan, dastur 18 ta yangi musobaqalarga boyidi va unda 474 nafar sportchi ishtirok etadi. Yangi sport turlari faqatgina bitta Olimpiya o'yinlarida dasturga kiritiladi va o'yinlar yakuniga etgach Olimpiya sport turi maqomini yo'qotadilar.
O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar