16 may 17:17
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari
Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlarining medallar taqsimotida qanday o'zgarishlar yuz berdi?
2021 yilga qoldirilgan Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlarida Rio-2016 Paralimpiya o'yinlari bilan solishtirganda o'ynaladigan medallar to'plamida ham ayrim o'zgarishlar yuz berdi.
Masalan, Para kanoe bo'yicha Rioda 6 ta medallar to'plami o'ynalgan bo'lsa, Tokioda ushbu sport turiga yana 3 ta medallar to'plami qo'shiladi va jami hisobda 9 ta bo'ladi.
Quyida medallar borasida shu va boshqa o'zgarishlar bilan tanishib olishingiz mumkin:
Para kanoe: Rio-2016 da 6 ta, Tokio-2020 da 9 ta
Para atletika: Rio-2016 da 177, Tokio-2020 da 168 ta
Para o'q otish: Rio-2016 da 12 ta, Tokio-2020 da 13 ta
Para suzish: Rio-2016 da 146 ta, Tokio-2020 da 152 ta
Para stol tennis: Rio-2016 da 29 ta, Tokio-2020 da 31 ta
Para triatlon: Rio-2016 da 6 ta, Tokio-2020 da 8 ta
Aravachadagi qilichbozlik: Rio-2016 da 14 ta, Tokio-2020 da 16 ta
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar