02 noy 13:19
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari
Tokioda Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarini o'tkazish uchun harajatlar kamaytiriladi
Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari Tashkiliy qo'mitasi koronavirus pandemiyasi tufayli O'yinlar harajatlari taxminan 30 milliard yenaga qisqartilishini malum qildi.
15 milliard yenaga yaqin xarajatlar obektlarda tadbirlarni o'tkazish uchun vaqtinchalik inshootlar qurish, shuningdek yoritish asboblari, tomoshabinlar uchun joylar hamda chipta sotiladigan kiosklar soni kamaytirilishi hisobiga tejaladi.
Tashkiliy qo'mita, shuningdek Tokioga keladigan rasmiy shaxslar sonini qisqartirish, Olimpiya qishlog'ini va musobaqalar maydonini bezash, avtobus va boshqa transport vositalari, bayram marosimlari uchun xarajatlarni kamaytirishni rejalashtirmoqda.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar