14 okt 11:33
Yangiliklar
Boks/MMA

To'laganovning prof ringdagi debyuti CHikagoda bo'lib o'tadi, jang sanasi malum
Rio Oliimpiadasining bronza medali sovrindori Rustam To'laganov shu kunlarda AQSHda o'zining prof ringdagi ilk jangiga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Hamyurtimizning professional boksdagi debyuti 28 oktyabr kuni AQSHning CHikago shahrida bo'lib o'tadi. Bo'lajak jang tashkilotchilaridan biri Fazliddin G'oibnazarov azo hisoblangan Top Rank promouterlik kompaniyasi bo'ladi.
Hozircha Rustam To'laganovning bo'lajak jangdagi raqibi malum emas. SHu kunlarda tashkilotchilar bu masalaga oydinlik kiritishadi. Ayni paytda hamyurtimiz meksikalik murabbiylar bilan birga mashg'ulot o'tkazyapti.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar