04 jan 12:31
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari
Tomas Bax: “Pekindagi olimpiya obektlari musobaqalar o'tkazishga tayyor”
Pekin shahri 2022 yilda qishki Olimpiya o'yinlarini o'tkazish uchun tayyor.
Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax malum qildi.
“Biz ushbu yil boshidayoq Pekinda o'tkaziladigan qishki Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishni boshlashimiz kerak. Xitoylik do'stlarimizning sadoqati va qatiyatini ko'rib turibmiz. Barcha Olimpiya obektlari jahonning eng yaxshi sportchilari uchun tayyor”, – dedi Tomas Bax.
XOQ prezidenti, shuningdek, Tokioning 2021 yilda yozgi Olimpiya o'yinlarini o'tkazishga tayyorligini takidladi: “Tokio hamon tarixda musobaqalarga eng mukammal tayyorlangan Olimpiya shahri bo'lib qolmoqda. Biz faqat yaponiyalik hamkasblarimizning mehnatlari uchun minnatdorchilik bildira olamiz, xolos”.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar