07 fev 13:24
Yangiliklar
Futbol
Tonali "Real"ga o'z xizmatlarini taklif qildi. Madridliklarning javobi malum
Angliyaning "Nyukasl" klubi 25 yoshli italiyalik yarim himoyachisi Sandro Tonali Madridning "Real" klubiga o'z xizmatlarini taklif qildi.
Qayd etilishicha, Tonali yozgi transfer oynasida "qaymoqranglilar" safiga o'tish istagini bildirgan. Biroq, "Real" ushbu bosqichda yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor emasligini malum qildi. Avvalroq, Tonali uchun "Arsenal" va "CHelsi" davogarlik qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Tonali "Milan"dan keyin 2023 yildan beri "Nyukasl"da o'ynamoqda. Ushbu mavsumda yarim himoyachi klub safida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Havola :
Manba : Defensa Central
Fikrlar