16 iyu 09:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Toni Fergyuson Konor Makgregorga "vyzov" tashladi
Sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Toni Fergyuson ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregorni oktagonga chorladi.
Fergyuson Instagram sahifasida video chop etib, unda Konorni o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olishga chaqirgan.
"Maknaggets dushanbasi. Kel, UFCni yana avvalgidek mashhur qilamiz", — deya murojaat qilgan Fergyuson.
Eslatib o'tamiz, yaqinda Makgregor uchinchi marotaba faoliyatini yakunlashini elon qilgan edi. Konor bu galgi qarorini UFCning unga Jastin Getji bilan jang tashkil qilib bermaganida ayblab izohlagandi. Toni esa aynan Getjiga imkoniyatni boy bergan edi.
Havola :
Fikrlar