02 apr 08:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Toni Fergyuson: Xabibni chempionlik unvonidan mahrum qilish kerak!
Xabar berganimizdek, UFC chempioni Xabib Nurmagomedov 18 aprel kuni Toni Fergyusonga qarshi oktagonga chiqmasligini malum qilgandi.
Amerikalik UFC jangchisi Xabibning bu qaroriga keskin fikr bildirdi. Toni UFC prezidentidan Nurmagomedovni chempionlik unvonidan mahrum qilishni talab etmoqda.
"U AQSHda qolishi yoki Rossiya chegaralari yopilguniga qadar uyga qaytishi mumkin edi. Xabib shunchaki jang qilishni istamadi. U qo'rqqanidan qochib ketdi. Uni chempionlik unvonidan mahrum qilish shart", - dedi Fergyuson ESPN kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o'rtasidagi jang beshinchi marotaba bekor qilindi. Ushbu jang 18 aprel kuni UFC 249 turniri doirasida bo'lib o'tishi lozim edi.
Havola :
Fikrlar