10 may 14:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Toni Fergyusonning 2012 yildan buyon davom etayotgan seriyasi buzildi
Bugun Toni Fergyuson 2012 yildan buyon ilk marotaba mag'lub bo'ldi.
So'nggi marta Toni sakkiz yil oldin may oyida Nyu-Jersida o'tkazilgan musobaqada Maykl Jonsonga yutqazib qo'ygandi.
O'shandan so'ng amerikalik sportchi 12 marotaba ketma-ket g'alabaga erishdi. U mag'lub etgan sportchilar orasida Rafael dos Anos, Kevin Li, Entoni Pettis va Donald Serrone kabi sportchilar bor edi.
Eslatib o'tamiz, Toni bugun UFC 249 turniri doirasida Jastin Getjiga mag'lub bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar