01 may 13:28
Yangiliklar
Tennis
Toni Nadal "Rolan Garros"da Rafaning asosiy raqibi kim bo'lishini aytdi
Rafael Nadalning amakisi Toni Nadal serbiyalik tennischi Novak Jokovichning "Rolan Garros"dagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.
"Albatta, Madridda o'ynashdan bosh tortganidan so'ng, Novakning Franciya Ochiq chempionatidagi ishtirokida biroz ko'proq shubha bo'ladi. Ammo, bunday tennischi o'zining qobiliyatlariga ishonchni his qilish uchun bitta muvaffaqiyatli o'yin o'tkazishi kerak.
Albatta, aynan Jokovich Rafael uchun Franciya Ochiq chempionatida asosiy raqib bo'ladi", - deya Tonini so'zlarini keltiradi Tennis World.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar