22 iyu 13:10
Yangiliklar
Tennis
Top-20`ga kirgan etti tennischi Olimpiadaga borishdan bosh tortdi
Tokio Olimpiadasida qatnashmaslikni afzal ko'rayotgan etakchi tennischilar safi kengayib bormoqda.
Bugunga kelib Top-20`talikdan joy olgan etti nafar tennischi Kunchiyar yurtga bormaslikni lozim topdi. Dunyo reytingida 20-o'rinni egallab turgan chililik Kristian Garin Top-20`talikdagi ettinchi tennischi bo'ldi. Tokio Olimpiadasining tennis bahslari 24 iyuldan 1 avgustga qadar bo'lib o'tadi.
Avvalroq, Rafael Nadal (dunyoning uchinchi raketkasi), Dominik Tim (5), Roberto Bautista-Agut (10), Denis SHapovalov (14), Kasper Ruud (14) va Gael Monfis (16) ham Olimpiadada qatnashishdan bosh tortgan edi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar