06 okt 08:48
Yangiliklar
![](/upload/storage/20335_220.jpg)
To'qqiz nafar bokschimiz Aktaudagi turnirning yarim finaliga chiqdi
O'z tarixida beshinchi bor tashkil etilayotgan ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham to'liq tarkibda ishtirok etyapti. Jamoamiz safida Murodjon Ahmadaliev, Elnur Abduraimov, Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov singari asosiy tarkib charm qo'lqop ustalarimiz bor.
Kecha xalqaro turnirning ikkinchi kungi bahslaridan so'ng 9 nafar bokschimiz yarim final yo'lanmasini qo'lga kiritishdi. Birgina -52 kg vazndagi hamyurtimiz Foziljon Abdumurodov ilk davrada mag'lubiyatga uchragan edi.
Qolgan bokschilarimiz Mironshoh Ibragimov, Murodjon Ahmadaliev, Elnur Abduraimov, Mahmud G'oipov, Madiyor Saidrahimov, Isroil Madrimov, Otabek Xolmatov, Sanjar Tursunov va Bahodir Jalolov raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l olishdi.
Fikrlar
Баракалла узбек асл углонлари!!!Тулкин Киличевни таърифи билан айтганда:"Молодчики")))))