So’nggi yangiliklar

19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0 15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0 14:51Жаҳонгир Зокировнинг Zuffa Boxing’даги навбатдаги рақиби маълум бўлди 0 13:58Чарльз Жонсон Рамазон Темировнинг нокаут бўлишини исташини айтди 0 13:17"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун асосий номзод номи маълум — talkSPORT 0 12:35АҚШ профессионал боксчиларига терма жамоа сафида жанг қилиш имконини берди 0 11:57Нодирбек Абдусатторов 2027 йилда ҳам NAVI сафида қолади 0 11:13Asian Boxing League турнири номаълум муддатга қолдирилди 0 10:24Ўзбекистон кубогининг 1/2 финал сана ва манзиллари маълум 0 10:15Полина Кудерметова дунё рейтинги пешқадамига қарши кортга чиқди 0

08 sen 13:13
Yangiliklar

Boks/MMA

"Torexan qaysi asosga ko'ra tanlab olindi?". Jusupovning murabbiyi Qozog'iston terma jamoasidagi adolatsizlik haqida gapirdi

IBA jahon chempioni Abilayxan Jusupovning shaxsiy murabbiyi Aleksandr Nasibulin o'z shogirdi nima uchun Yaponiyada bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlari tarkibidan chetda qolganini tushunmayotganini malum qildi.

Bu haqda Sports.kz Sportbugin.kz saytiga tayanib xabar berdi.

"Abilayxan bilan Torexan o'rtasida hech qanday sparring bo'lmadi, hech qanday saralash o'tkazilmadi. Hech qanday oshkoralik yo'q. Demak, bosh murabbiyga CHimkent federaciyasi tomonidan bosim o'tkazilgan va bizning boks federaciyamiz bilan kelishuvga erishilgan. Mo'g'ulistondagi Osiyo chempionatida Torexan Sabirxan barcha ko'rsatkichlar bo'yicha iordaniyalik Ziyad Ishayshga yutqazib qo'ygandi. Yaqinda Xitoyda bo'lib o'tgan Jahon kubogida esa bizning bokschi o'sha Ishayshni ikkinchi raunddayoq mag'lub etdi.

Xo'sh, murabbiylar Torexanni qaysi asosga ko'ra tanlashdi? Sparring o'tkazishmadi, oshkoralik yo'q. Bosh murabbiyga bosim o'tkazib, federaciya bilan kelishib olishdi. Aslida, boksimizning hozirgi ahvoli — mana shunday. Tartibsizlik! Bunday bo'lmasligi kerak. Masalan, men eng yaxshisi bo'la turib, musobaqaga bormayapman. Buning o'rniga bor kuchi bilan harakat qilayotgan yosh bokschi ketyapti. Unda kimni xohlashsa, o'shani jo'nataverishsin.

Xitoydagi Jahon kubogidan qaytgach, Abilayxan AQSHdagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga bormasligini aytdi. U: "Meni Osiyo o'yinlariga olib borishmasa, bu yig'inga borishdan nima mano?" degandi. Ammo viloyat sport boshqarmasi rasmiylari Abilayxanni ko'ndirishdi, u albatta Osiyo o'yinlariga borishini aytib, uni qo'llab-quvvatlashdi va Amerikaga jo'natishdi.

Bokschimiz oxirgi yig'inga etib keldi va Torexan bilan uch raund sparring o'tkazdi. Bo'ldi, tamom. SHu uchrashuv natijasiga ko'ra Sabirxanni jo'natishmoqda. SHu bilan birga, federaciya na menga, na viloyat sport rahbarlariga Osiyo o'yinlariga aynan Torexan nima uchun tanlangani haqida hech narsa tushuntirmadi. Ular allaqachon hamma narsani kelishib olgan bo'lsalar, tushuntirishga nima hojat? Bizning boksimiz mana shunday".

"Mamlakat sharafini himoya qilish uchun jahon chempionatlariga har doim ham faqat eng kuchlilar boravermaydi. Men bilamanki, milliy terma jamoaning ayrim vazn toifalarida juda kuchli bokschilar bor. Hozir ular qishloqlarda, erto'lalarda, ish joylarida shug'ullanishmoqda. Agar ularni o'sha erdan olib chiqib, o'zlarini ko'rsatishga imkoniyat berilsa, ular hozirgi milliy terma jamoa tarkibining yarmini mag'lub etadi. Lekin ayrim joylarda ularning yo'lini to'sishmoqda, shuning uchun ular o'zlarini namoyon qila olishmayapti", — dedi Nasibulin.

Aychi-Nagoyadagi musobaqalar doirasidagi boks turniri 21 sentyabrdan 2 oktyabrgacha bo'lib o'tadi. Barcha vazn toifasidagi dastlabki janglar 21 sentyabr kuni boshlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing