So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

08 mar 14:02
Yangiliklar

Muaytay

Toshkent shahrida muay-tay sporti yanada rivojlantiriladi

Teglar :  Muay-tayToshkent
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga alohida etibor qaratilmoqda.
SHu maqsadda Olimpiya va milliy sport turlarini rivojlantirish ustuvor vazifaga aylangan. Bu jarayondan noolimpiya sport turlari ham chetda qolayotgani yo'q, jumladan muay-tay ham.



Kecha O'zbekiston muay-tay federaciyasining Toshkent shahar mintaqaviy bo'limining navbatdagi hisobot-saylov konferenciyasi o'tkazildi. Yig'ilishni mintaqaviy bo'lim raisi, o'zbek muay-tay maktabining etuk vakillaridan biri Ahmadjon Mirzaev olib bordi. Unda bir qator masalalar muhokama qilindi.

Konferenciya kun tartibidagi birinchi va eng muhim masala- bu O'zbekiston muay-tay federaciyasining Toshkent shahar mintaqaviy bo'limiga rais o'rinbosari hamda Bosh kotibni saylash edi. Yig'ilishda rais o'rinbosarligiga nomzod sifatida Jaloliddin SHamuratov tavsiya etildi va Konferenciya ishtirokchilari tomonidan maqullandi. Bosh kotiblikka esa Sohibxon Ibragimov nomzodi bir ovozdan qo'llab-quvvatlandi. SHuningdek yig'ilishda Toshkent shahar terma jamoasiga bosh murabbiy tayinlandi. Bu masuliyatli vazifa ko'plab chempionlarni tarbiyalagan mahoratli murabbiy Yo'ldosh Qosimovga ishonib topshirildi.

Konferenciyada shuningdek Toshkent shahar mintaqaviy bo'limining yillik musobaqalar taqvimi tasdiqlandi. Qolaversa, Respublika miqyosidagi musobaqalarda poytaxt yoshlarining yaxlit jamoa bo'lib ishtirok etishini taminlash, Toshkent shahri sportchilari uchun yagona sport liboslari (epikirovka) ishlab chiqarish, musobaqalarni xalqaro talablar darajasida tashkil etish, bir so'z bilan aytganda Toshkent shahrini har jihatdan namunaviy bo'limga aylantirish lozimligi takidlandi.

Yana bir masala, bo'limda ro'yxatdan o'tmagan holda trenerlik qilayotgan mutaxassislar faoliyatini muvofiqlashtirish, Toshkent shahrida barcha sportchi va trenerlarning yagona elektron malumotlar bazasini yaratishga kelishib olindi.

Takidlash joiz, muay-tay sporti Osiyo o'yinlari dasturiga kirgan. SHunday ekan ushbu sport turini rivojlantirish orqali O'zbekistonning xalqaro sport nufuzini yanada oshirishga erishamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing