So’nggi yangiliklar

14:17Умарали Раҳмоналиев "Манчестер Юнайтед" билан ўйиндан сўнг нималар деди? 0 13:46XX Осиё ўйинларида иштирок этадиган дзюдочиларимиз таркиби тасдиқланди 0 13:15Расман! Наманганда ўтказиладиган Octagon 92 турнирининг марказий жанги эълон қилинди (ВИДЕО) 0 12:44Одилхон Бухорода бўлиб ўтган ATFС 33 турнирида жанг қилди (ВИДЕО) 0 12:13Мануэль Нойер Германия футболчилари орасида рекорд ўрнатди 0 11:42Теренс Кроуфорд рингга қайтяптими? 0 11:11US Open 2026. Аёллар ўртасидаги турнирда финалчилар аниқланди 0 10:40Ислам Махачев: "UFC`дан қўнғироқ кутяпман" 0 10:09ЕЧЛ. "Шахтёр" ПСВ билан, "Фенербахче" эса "Рома" билан дуранг ўйнади + ВИДЕО 0 09:38Super Rizin 5 натижалари: Шайдуллаев Rizin ва PFL чемпионлик камарларини бирлаштирди 0 09:07Синдаров Непомняшийни мағлуб этди, Бибисарада ҳам ғалаба. Жамоа пешқадам! Бугун Жавоҳир - Магнус тўқнашуви бор! 0 08:36Бугун Hungary Grand Slam 2026 турнири бошланади. Биринчи кун уч дзюдочимиз татамига чиқади 0 08:05ЕЧЛ. "Манчестер Юнайтед" "Сабаҳ"ни тор-мор этди, Раҳмоналиев "Олд Траффорд"да ўйнади 0 07:34Юнон-рум курашчиларимиз Осиё ўйинларида оптимал таркибда қатнашишади 0 07:03UFC Қирғизистонда турнир ўтказишга қизиқяптими? 0

20 fev 13:31
Yangiliklar

Bolalar sporti

Toshkent tumanida turli sport turlaridan musobaqalar o'tkazildi FOTOGALEREYA

Keyingi yillarda Toshkent viloyatida ham jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan etibor yanayam kuchaygan.

Aholi salomatligini mustahkamlash, sog'lom turmush tarziga amal qilish, o'g'il-qizlarning sportga ommaviy jalb etish, istedodlarni  erta aniqlash va katta sport sari etaklash kabi ezgu-ishlar bugun viloyatda jadallik va masuliyat bilan, ko'taringki ruhda amalga oshiralayotgani rost gap.

Xususan, kecha 19 fevral kuni Toshkent tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabining universal sport majmuasida bo'lib o'tgan turli sport musobaqalari yuqoridagi fikrimzga yaqqol isbot.

Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan hamda  Milliy olimpiya qumitasi Toshkent viloyati bo'limi hamkorligida tashkil etilgan mazkur sport musobaqalari  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-6099-sonli Farmoni ijrosini taminlash, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Miliy olimpiya qumitasi tomonidan joriy etilgan “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostidagi ommaviy sport festivalini yuqori saviyada o'tishini taminlashdan iborat.

Ushbu sport musobaqalarida viloyatning barcha sport-talim muassasalaridan 500 nafardan ortiq o'g'il-qizlar mini-futbol, boks, erkin kurash, karate, shaxmat, badiiy gimnastika hamda aralash jang sanati (MMA) bo'yicha bellashuvlarda ishtirok etishdi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan bellashuvlarining yakuniy natijalariga ko'ra, quyidagi sportchi-o'g'il-qizlar g'oliblikni tantana qilishdi.

Boks

  1. Mustafo Zuxrullaev (Toshkent t.)
  2. Abdullox Toxirov (Zangiota t.)
  3. Abdulaziz Xamroev (Yuqori chirchiq t.)

        3. Sunatilla O'ktamaliev (Angren sh.)  

Badiiy gimnastika

  1. Zaynura Eshmurodova (Bekobod t.)
  2. Sevinch Mirzakarimova (CHirchiq sh.)
  3. Yulduz Suvaydullaeva (Olmaliq sh.)

        3. Angelina Karimova (Toshkent t.)

Karate (VKF)

1.Saidumar Saidazimov (Toshkent t.)

2. Saidaxror Saidazimov (Toshkent t.)

3. SHoxruh Akbaraliev (Bekobod sh.)

3. Iskandar Abduhakimov (Bekobod sh.)

Erkin kurash

  1. Alixan Ibragimov (Toshkent t.)
  2. Asadbek Saidto'raev (Toshkent t.)
  3. Abdusamad Aliev (Zangiota t.)

        3. Baxtiyor Erkinov (Yangiyo'l t.)

SHaxmat

  1. I. Tolipov (Toshkent t.)
  2. I. Xoliqov (Parkent t.)
  3. T. Hayitov (Ohongron sh.)

        3.I. Pardaev (Bekobod t.)

Mini-futbol

  1. Yangiyo'l futbol akademiyasi  – 1
  2. Yangiyo'l futbol akademiyasi  -2
  3. Zangiota tuman jamoasi

        3. Bo'stonliq tumani jamoasi

Bellashuvlar yakuniga etgach, g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Taqdirlash marosimida  ishtirok etgan Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Komiljon Adilov va boshqa mutasaddi xodimlar kuchli uchlikdan joy olgan yosh sportchilarni Toshkent viloyati hokimligi va viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan tasis etilgan diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg'lari bilan mukofotlashdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing