So’nggi yangiliklar

19:23Ислом бирдамлиги ўйинлари: мусобақа тарихи ва Ўзбекистоннинг иштироки қандай бўлган? 0 19:01Расман: Жанибек Алимханулининг Лара билан жанги санаси тасдиқланди 0 18:39Бу қизиқ! "Ливерпуль" истеъдоди 16 дақиқада 2 та қизил карточка олди 0 18:17Перейранинг мураббийи: "Чимаев ажойиб, лекин..." 0 17:512026 йилги Олимпиада ташкилотчилари шоҳсупа дизайнини намойиш этишди (ФОТО) 0 17:25Асадбек Саидов кейинги жангини тожикистонлик Фазлиддин Мадраҳимовга қарши ўтказиши мумкин (ВИДЕО) 0 17:01Ямаль энди аввалгидек ўйнолмайдими? 0 16:39Ўзбекистонлик бодибилдерлар халқаро турнирда совриндор бўлди (ФОТО) 0 16:18"Яхши формадаман". 46 ёшли Мэнни Пакьяо рингга қайтишга тайёрлигини маълум қилди 0 15:56Таэквондо. Нажмиддин Қосимхожиев Жаҳон чемпиони! 0 15:31Винисиус "Эл Класико"даги иши учун узр сўради 0 15:10Жейк Пол: "Жервонта Дэвисга қарши жанг олдидан қўрқяпман" 0 14:49Қозоғистон Президенти Шавкат Раҳмоновни орден билан тақдирлади + ФОТО 0 14:28Афсонавий Муҳаммад Алининг набираси проф рингда жанг ўтказди 0 14:07Суперлига. Бугун навбатдаги турга старт берилади 0

30 sen 13:28
Yangiliklar

Voleybol

Toshkent yana bir jahon chempionatiga mezbonlik qilishga yaqin

Xabar berganimizdek, bugun Xalqaro voleybol federaciyasi (FIVB) prezidenti Ari Grassa boshchiligidagi delegaciya yurtimizga tashrif buyurdi.

Safar davomida diyorimizda voleybol sporti rivojini yangi bosqichga olib chiqish, uni yanada ommalashtirish, mahalliy mutaxassislar malakasini oshirish, kelgusida yirik xalqaro musobaqalarni yurtimizda o'tkazishga doir istiqbolli rejalar muhokama etiladi.

Bizdagi malumotlarga ko'ra, poytaxtimiz 2025 yilgi yoshlar (U-19 o'g'il bolalar) o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Ushbu xabarning ertaga voleybol bo'yicha O'zbekiston chempionati doirasida rasman elon qilinishi kutilmoqda.

Ushbu yosh toifasidagi so'nggi jahon chempionati 2023 yil Argentinaning San-Xuan shahrida o'tkazilib, Franciya terma jamoasining g'alabasi bilan yakunlangandi. Francuzlar final uchrashuvida Eron terma jamoasini 3:1 hisobida mag'lub etishgandi. Jahon chempionatining bronza medallari AQSHdan 3:1 hisobida ustun kelgan Koreya Respublikasiga nasib qilgan edi. 

Malumot uchun, 2025 yilgi kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga tarixda ilk bor Filippin (12-28 sentyabr, erkaklar jamoalari o'rtasida) hamda Tailand (22 avgust - 7 sentyabr, ayollar jamoalari o'rtasida) davlatlari mezbonlik qiladi.   

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing