12 apr 13:44
Yangiliklar
Dzyudo
Toshkentda dzyudo bo'yicha Osiyo ochiq kubogi boshlandi
Bugun, 12 aprel kuni poytaxtimizda dzyudo bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasida Osiyo ochiq kubogi boshlandi.
Dzyudo bo'yicha sport ustasi Uchqun Murodov xotirasiga bag'ishlangan turnir 1993 yildan buyon ananaviy tarzda o'tkazilib kelinmoqda.Xalqaro dzyudo federaciyasining taqvim rejasidan ham o'rin olgan musobaqada 11 mamlakatdan 400 nafardan ziyod sportchi ishtirok etadi.
Eslatib o'tamiz, ushbu turnir Argentinada bo'lib o'tadigan III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlariga reyting ochkolari beruvchi musobaqalardan biri hisoblanadi.
"Universal" sport saroyida o'tkazilayotgan bahslar 15 aprelgacha davom etadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar