So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

05 dek 11:27
Yangiliklar

Dzyudo

Toshkentda yig'in o'tkazgan Misr terma jamoasi Qohiraga jo'nab ketdi

Teglar :  DzyudoMisr
Xabaringiz bor, poytaxtimizda beshta davlat dzyudo terma jamoalari ishtirokida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazilgan edi.

Unda O'zbekiston, Gruziya, Misr, Qirg'iziston va Franciya terma jamoalari ishtirok etgandi. Kecha tunda Misr terma jamoasi delegaciyasi bir oy davom etgan yig'inni yakunlab, Qohiraga jo'nab ketdi. Toshkentdagi mashg'ulotlar Afrika chempionatiga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab berdi. 

"Avvalo, biz uchun barcha sharoitlarni muhayyo qilib bergan O'zbekiston dzyudo federaciyaga rahmat aytmoqchiman. Haqiqatan ham, yaratilgan sharoitlar yuqori darajada bo'ldi. Fikrimni jamoadoshlarim ham tasdiqlashadi. Dunyoning ko'plab davlatlarida bo'lganmiz, bu kabi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazganmiz. Lekin Toshkentdagi mashg'ulotimiz shu kungacha o'tkazganlarimizning eng zo'ri bo'ldi. Bir oy davomida dunyoning kuchli dzyudochilari bilan mashg'ulot o'tkazdik. Ular orasida Gruziya va O'zbekiston terma jamoalarini alohida takidlagan bo'lardim. Kuchli dzyudochilar bilan o'tkazgan mashg'ulotlarimiz Afrika chempionatida bizga as qotadi degan umiddaman. Biz yana Toshkentga qaytamiz. Hammasi uchun rahmat!", - deydi Misr terma jamoasi etakchisi, jahon chempionati sovrindori, besh karra Afrika chempioni, Afrika o'yinlari g'olibi Ramadan Darvish. 

Malumot uchun, Toshkentdagi yig'inda Misr terma jamoasi tarkibida Muhammad Abdelaal, Muhammad Abdulrahmon, Ahmad Abdulrahmon, Ali Rizq, Xatem Abd El Axer, Muhammad Moheldin, Ahmad Eldesouki, Ali Elshouni, Abdalla Abdelsamia va Ramadan Darvish ishtirok etdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing