So’nggi yangiliklar

21:11Муҳиддин Мамажоновнинг IBA Nomad 16 турниридаги жанги муддатидан аввал якунланди 0 19:21Полина Кудерметова Ningbo Open саралашининг иккинчи босқичига чиқди 0 18:50Мадримов ўз ўрнини сақлаб қолган The Ring рейтингининг кучли учлигида ўзгаришлар бўлди 0 18:19Каратэ WKF. Жавоҳир Жаҳонгиров жаҳон чемпиони! 0 17:48"Реал" қишда янги футболчилар сотиб оладими? Моуринью жавоб берди 0 17:17Адесанья ва Шара Буллет жанги ноябрда Қатарда ўтказилиши мумкин — манба 0 16:45Саидёқуб Қаҳрамонов ва Холмурод Нурматов жанг қиладиган Душанбедаги ACA 209 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 16:12Бугун беш нафар боксчимиз жаҳон чемпионатидаги ўз юришини бошлайди 0 15:30Португалия футбол федерацияси Роналду бўйича ўз позициясини маълум қилди 0 14:43Пэдди Пимблетт кейинги жангини 2027 йил баҳорида ўтказиши мумкин 0 14:05Накамура Синдаровга жаҳон чемпионати олдидан ёрдам беряптими? 0 13:27Бугун Баҳодир Жалолов жанг қилади (тўлиқ кард) 0 12:45Суперлига. Бугун турнинг марказий учрашуви бор 0 12:12"Бу осон эмас". Сехудо Ян ва Двалишвили ўртасидаги бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 11:30Бугун Тошкентда юлдузли кардга эга IBA Nomad 16 турнири бўлиб ўтади (Тўлиқ кард) 0

05 dek 18:06
Yangiliklar

Boshqalar

Toshkentning "Anfa" kriket klubi Hindistonda o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazyapti

Teglar :  KriketAnfa
O'zbekiston kriket federaciyasi tomonidan mamlakatimizda kriket sport turini keng rivojlantirish, yoshlar orasida ommaviyligini taminlash va turli yosh toifadalarida terma jamoalar va klublarni shakllantirish borasida qator vaziflarni amalga oshirib kelmoqda.

Xususan, federaciya raisi Aziz Mixliev tashabbusi va say-harakati bilan Toshkentning "ANFA" kriket klubi jamoasi o'quv-yig'in mashg'ulotlari o'tkazish va T20 formatdagi o'yinlarda ishtirok etib, tajriba almashish maqsadida ayni paytda Hindiston davlatining Kanpur shahrida bo'lib to'ribdi. 

Xabaringiz bor, Hindistonda kriket sport turi eng ommalashgan sport turi sanaladi. SHu bois ham Hindiston kriket federaciyasi hamda O'zbekiston kriket federaciyasi o'rtasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilgan. 

Bir oylik safarining ilk kuni 26 noyabrda "ANFA" klubi jamoasi dastlab, Kanpur shahridagi "Green Park Stadium" kriket maydonida "Kanpur Administration Team" jamoasi bilan T20 formatdagi o'yin o'tkazdi. O'quv-yig'in amaliyot doirasida kecha, 4 dekabr kuni "ANFA" klubi navbatdagi T20 formatdagi musobaqada ishtirok etdi. 

"Daman, Diu Dadra Nagar Haveli" kriket associaciyasi taklifiga ko'ra tashkil etilgan bellashuvlarda "ANFA" jamoasi "Ranji trofi" klubi jamoasi bilan kuch sinashdi.

Hindiston safarida sport delegaciyasiga rahbarlik qilayotgan federaciya raisi Aziz Mixlievning bizga xabar qilishicha, "ANFA" jamoasi yigitlari belgilangan rejaga muvofiq, mutaxassislar tomonidan o'quv-mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda. SHuningdek, Hindistonning turli shtatlaridagi kriket klublari taklifiga binoan "ANFA" jamoasi nazorat-o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishadi. 

Darvoqe, Hindiston ommaviy axborot vositalarida "ANFA" klubi bilan bog'liq jarayonlar yoritilmoqda. Jumladan, mamlakatning "Asli Azadi" gazetasi sahifasidan "ANFA" klubining raqib jamoa bilan o'yini haqidagi maqola joy olgan. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing