01 okt 11:39
Yangiliklar
Velosport
Trek bo'yicha mamlakat chempionati yaqin
5-10 oktyabr kunlari poytaxtimizdagi trek bazasida velosportning ushbu yo'nalishi bo'yicha mamlakat chempionati bo'lib o'tadi.
O'smirlar o'rtasida o'tkaziladigan mazkur turnirda Respublikamizning sara yosh iqtidor egalari bahslashadilar.
Takidlash joiz, bu galgi chempionat avvalgilariga qaraganda Olimpiya dasturiga ko'proq ahamiyat qaratilishi bilan farq qiladi. Turnirni yakkalik taqib poygasi dasturi ochib bersa, keyinchalik skretch bo'yicha guruh poygasi, jamoaviy sprint va taqib poygasi, tempo, medison, ochkolar bo'yicha guruh poygasi kabi yo'nalishlar ham o'tkaziladi.
Mazkur chempionat murabbiylar shtabi uchun yangi mavsum oldidan kuchli zaxira sportchilarini saralash, ularning imkoniyatlarini ko'zdan kechirish, o'smirlar terma jamoasi tarkibini aniqlab olish uchun alohida ahamiyatli.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar