So’nggi yangiliklar

17:45Осиё ўйинлари: Ўзбекистон 2002 йилдан буён турнир стартида ютқазмаяпти 0 17:17Арман Царукян: "UFC чемпионлик камарини пулга сотиб олиб бўлмайди" 0 16:30Генри Сехудо Топурия учун идеал рақибни айтди 0 15:49Жон Жонс Махачевнинг допинг айбловларига жавоб қайтарди 0 15:05Ўзбекистон МТЖ Сурия билан Тошкентда ўйнайди 0 14:26"Мени чемпионлик жангидан икки-учта жанг ажратиб турибди" - Шара Буллет 0 13:52Шоҳжаҳон Эргашев Данияр Елеусиновни жангга чорлади, Олимпиада чемпиони эса бунга жавоб қайтарди 0 13:22Осиё ўйинларини ғалаба билан бошладик: Филиппин йирик ҳисобда мағлуб этилди 0 13:0046-Бутунжаҳон шахмат олимпиадаси: Ўзбекистон терма жамоаси таркиби расман эълон қилинди 0 12:36L'Équipe "Олтин тўп"-2026 учун бешта асосий фаворитни кўрсатди 0 12:05"Бу менга ваъда қилинган жанг эди". Бектемир Мелиқўзиев чемпионлик жангини сўрамоқда 0 11:34Salesforce FIDE Жаҳон чемпионати 2026: Сана, формат ва мукофот жамғармаси тасдиқланди 0 11:03Перейра Аспиналлнинг UFC камаридан воз кечиш қароридан сўнг мухлислардан ёрдам сўради 0 10:32Осиё ўйинлари. Бугун Олимпия терма жамоамиз юришини бошлайди 0 10:01Крикет бўйича "Мустақиллик Кубоги": "ANFA" чемпион! 0

02 okt 10:50
Yangiliklar

Triatlon

Triatlon. O'zbekistonda birinchi xalqaro xayriya poygasi dasturi elon qilindi!

Samarkand Half Marathon – Samarqand yarim marafoni 2019-yil 1 noyabrdan 3 noyabrgacha Samarqand shahrining eng go'zal va tarixiy ko'chalari bo'ylab o'tkaziladi.

Loyihaning asosiy maqsadi – madaniyat va sanat obyektlarining etarli darajada ochiqligi va inklyuzivligi muammosiga jamoatchilik etiborini jalb qilish, shuningdek, sog'lom turmush tarzini ommalashtirish hamda O'zbekistonda sport turizmini rivojlantirishdan iborat. Yarim marafonda tajribali yugiruvchilar ham, yugurishni endigina boshlaganlar ham ishtirok etishlari mumkin – 21, 10 va 2 km masofalarga yugurish rejaga kiritilgan.

Yarim marafondan tushgan mablag' Toshkentdagi teatrlardan birida tajribaviy loyiha amalga oshirishlishi uchun sarflanadi. Ushbu dastur tiflosharhlash yordamida teatr sahnasida spektakl tayyorlashni o'z ichiga oladi. Buning uchun zarur jihozlar sotib olinadi, shuningdek, mutaxassislarni o'qitish tashkil etiladi.

Yarim marafonga tayyorgarlik jarayonida Madaniyat va sanatni rivojlantirish jamg'armasi inklyuzivlik muammosiga bag'ishlangan tadqiqot o'tkazadi – Toshkentning teatrlari, muzeylari, bog'lari, shuningdek, boshqa madaniyat muassasalarida nogironligi va kamharakatlik mavjud bo'lgan shaxslar va aholi uchun dastlabki monitoring ishlari o'tkaziladi. Bundan tashqari, mazkur muassasalar xodimlari uchun inklyuzivlik va etarli darajadagi ochiqlik bo'yicha treninglar tashkil etiladi. Tadqiqot natijalari yarim marafonning talim dasturi doirasida hisobot shaklida taqdim etiladi.

MIRXAN SAGITOV

Samarkand Half Marathon loyihasining kuratori
"Men chet elda o'tkazilgan marafon va yarim marafonlarning ishtirokchisi sifatida ishonch bilan shuni aytishim mumkinki, Samarqanddagi yarim marafon yo'nalishi sport nuqtai nazaridan eng chiroyli va qiziqarlilardan biri bo'ladi. Marafon davomida poyga ishtirokchilari shaharning barcha asosiy diqqatga sazovor joylarini ko'rishadi, yarim marafonning o'zi mashhur "Registon" ansambli yonidan boshlanadi. Yarim marafon yo'nalishi IAAF Xalqaro engil atletika federaciyalari associaciyasi va AIMC Xalqaro marafon va masofali poygalar uyushmasi tomonidan tasdiqlanib, sertifikatlanadi.

Har bir masofa uchun belgilangan vaqt ichida etib kelgan barcha ishtirokchilar marrada finalchilar uchun esdalik medallarini qo'lga kiritadilar. Undan tashqari, har bir ro'yxatdan o'tgan ishtirokchi marofon futbolkasi va markali sumkani qo'lga kiritadi, shuningdek chipli raqam orqali aniq tugatish vaqtini belgilashga imkon beradi. G'oliblar uchun sovrin jamg'armasi tasis etildi, mutlaq hisobda 1-o'rindan 3-o'ringacha bo'lgan erkaklar va ayollar pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar. Sovrinlar va marafon qoidalari haqida batafsil ma'lumotni bizning saytimizda topishingiz mumkin.

Tadbir bo'yicha konsultaciyalar "Russia Running" Xalqaro kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi, mazkur kompaniya, o'z navbatida, zamonaviy tadbirlarni tashkil etishda katta tajribaga ega bo'lgan mutaxassislarni o'z ichiga oladi. Yarim marafon tashkilotchilarining butun jamoasi marafon ishtirokchilari uchun maksimal xizmat va qulay sharoitlarni taminlash uchun ish olib bormoqda. Biz har bir ishtirokchining Samarkand yarim marafonidan maksimal ijobiy taassurotlarga ega bo'lishini istaymiz.

Toshkentda yashovchi va marafonga uchun tayyorgarlik ko'rmoqchi bo'lganlar uchun chorshanba va shanba kunlari bepul treninglar o'tkazilmoqda. Ularda ishtirok etishga taklif qilamiz. Barcha malumotlar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda".

MADINA BADALOVA
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanatni rivojlantirish jamg'armasi Talimni rivojlantirish bo'limi boshlig'i


"Bu mamlakatimizdagi ilk bora sodir bo'layotgan keng ko'lamli xayriya tadbiridir. Marafondan tashqari Samarqandda bir qator madaniy tadbirlarni o'tkazishni rejalashtirmoqdamiz, eng muhimi, bizda katta maqsad bor. Bu madaniyat obyektlarida inklyuzivlik muammosiga jamoatchilik etiborini jalb qilish haqidadir. Jamg'armamiz O'zbekistondagi madaniyat obyektlarini modernizaciya qilishga qaratilgan uzoq muddatli dastur tashabbusi bilan chiqdi. Boshlanishiga biz Toshkent shahridagi muassasalarda monitoring va treninglar o'tkazamiz. Tadqiqot natijalari yarim marafonning talim dasturi doirasida hisobot shaklida va internet orqali taqdim etiladi.

Jamg'arma "Garaj" zamonaviy sanat muzeyi bilan hamkorlikni davom ettirmoqda, bizning rossiyalik hamkasblarimiz madaniyat obyektlarida inklyuziv muhitni yaratishning xalqaro tajribasi haqida seminarlar va maruzalar o'tkazadilar. Bundan tashqari, yarim marafon doirasida biz uchun yana bir muhim tashkilot – "Beat Film" kinofestivali bilan hamkorlikni yo'lga qo'ymoqdamiz. Festival murabbiylari Samarqandda mustaqil xalqaro darajadagi madaniyat muassasasini qanday tashkil etgani haqida maruzani o'qib, ikkita hujjatli film namoyish etadilar. Ushbu filmlardan biri – “Free solo” deb nomlangan bo'lib, bu yil "Oskar" mukofotiga sazovor bo'ldi".

DILMUROD YUSUPOV
Sasseks universiteti Rivojlanish muammolari tadqiqotlari instituti doktoranti

"Biz Madaniyat va sanatni rivojlantirish jamg'armasi loyihasi doirasida "SHaroit+" nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda Toshkentning sakkizta dastlabki madaniyat muassasalarida inklyuziv sharoitlar mavjudligi borasida monitoring ishlarini olib bordik. Monitoring natijalari shuni ko'rsatdiki, ko'plab madaniyat muassasalari nogironligi bo'lgan odamlar va aholining kamharakat qatlamlari uchun etarli darajada qulay emas. SHunday bo'lsa-da, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatri kabi obyektlar ham mavjud bo'lib, uning rahbariyati teatr ichida ham, tashqarisida ham qulay muhit yaratish bo'yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirdi.

Sovet davrida ham madaniyat obyektlarining ko'plab binolari qurilgan bo'lib, nogiron kishilarning ehtiyojlari alohida etiborga olinmagan. Masalan, O'zbekiston tarixi muzeyi binosi, Yoshlar teatri, Sirk va boshqa obyektlar aynan o'sha davrda qurilgan edi. Bu masala bo'yicha jamoatchilik etiborini jalb qilish va ushbu obyektlarni ular uchun ochiq qilish maqsadga muvofiqdir. Jamiyat nogironlikning turli shakllari bo'lgan odamlarni madaniy hayotda dam olish vaqtni maroqli o'tkazishda ishtirok etishga imkon berishga harakat qilishi kerak".

FURQAT POLVON-ZODA
Samarkand Half Marathon loyihasining madaniy dasturi kuratori


"Bu mening O'zbekistondagi birinchi loyiham. Umid qilamanki, bu musobaqa har yili Samarqandda bo'lib o'tadi va shahar madaniyatining muhim tarkibiy qismiga aylanadi. Samarkand yarim marafonida ishlash uchun biz O'zbekiston, Rossiya, Gruziya va boshqa mamlakatlardan mutaxassislarni jalb qildik, shu orqali, haqiqiy madaniyat almashinuvi sodir bo'ldi. Hozirda biz marafon dasturining barcha tarkibiy qismlarini yakunlamoqdamiz, jumladan, maruzalar, seminarlar va kinofilmlar jadvalini tayyorladik. Yaqinda esa loyihaning musiqiy komponenti elon qilinadi, unda O'zbekiston, Finlyandiya, Germaniya va Rossiyadan kelgan sanatkorlar ishtirok etadi. Bularning barchasi haqida bizning saytimizda va ijtimoiy tarmoqlarimizda xabar qilinadi. Yugurish uchun ro'yxatdan o'ting va do'stlaringizni Samarqandga chaqiring. Juda qiziqarli bo'ladi!".


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing