27 may 10:53
Yangiliklar

Xalqaro triatlon ittifoqi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo'mitalari rahbariyati Xalqaro triatlon ittifoqi Prezidenti Antonio Arimani bilan uchrashdi.
Respublika Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida o'tgan tadbirda vazir Adham Ikramov, MOQ raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov va MPQ raisi Muxtorxon Tashxodjaev janob Arimaniga mana shunday yirik musobaqalarni yurtimizda o'tkazishga ishonch bildirayotgani uchun minnatdorlik bildirishdi.
O'z navbatida, xalqaro tashkilot rahbari Samarqand doimo masuliyatli musobaqalarni yuqori saviyada o'tkazib kelishi, o'zbekistonlik triatlonchilarning saviyasi ortib borayotganiga to'xtalib o'tdi.
Samimiy ruhda o'tgan suhbat davomida o'zaro hamkorlikning yangi qirralarini muhokama qilindi.
Fikrlar