19 okt 12:31
Yangiliklar

Medvedev faoliyatidagi 40-turniri finalida o'ynaydi
Dunyoning 14-raketkasi Daniil Medvedev musobaqaning finaliga yo'l oldi. Rossiyalik tennischi 1/2 finalda ATP reytingida 138-pog'onada borayotgan avstraliyalik Jeyms Dakvortni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/7(8), 6/3, 6/2. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi - 2:0.
Ikki soatu 13 daqiqa davom etgan bahsda Medvedev 15, Dakvort 12 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolarda Daniil mutlaq "ustunlik" qildi - 8 ga 0. Medvedev bu yilgi mavsumda ikkinchi, faoliyatida 40-marotaba ATP turniri finaliga chiqdi. U Galle turniri finalida qozog'istonlik Aleksandr Bublikka yutqazib qo'ygandi.
Bugun Medvedev Olma-Ota turniri bosh sovrini uchun franciyalik Korenten Mutega qarshi kortga chiqadi. Mute 1/2 finalda amerikalik Aleks Mikelsendan ustun keldi.
Fikrlar