19 okt 10:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaev Allenni mag'lub etgan de Ridderni haqorat qildi
O'rta vazn (-84 kg) toifasida UFC chempioni Xamzat CHimaev Kanadada bo'lib o'tgan UFC turnirining markaziy jangida niderlandiyalik Rene de Ridderning amerikalik Brendan Allendan qabul qilib olgan mag'lubiyatiga munosabat bildirdi.
"Bu ablah yigit - taslim bo'ldi", - deb yozdi Xamzat o'zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, ushbu jangdan oldin aynan de Ridder Xamzat CHimaevga qarshi chempionlik jangiga asosiy davogar sifatida ko'rilayotgandi. CHunki, u beshta g'alabali seriya bilan kelayotgan edi. Bugungi turnirdan so'ng Allen MMAda 28 g'alaba va 7 ta mag'lubiyat qayd etgan. O'z navbatida, De Ridder bugun uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobida 21 g'alaba bor.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar