So’nggi yangiliklar

13:12"Агар дю Плесси Чимаевни енгса, P4P рейтингда Махачевдан ўтиб кетади" - собиқ чемпион 0 12:51Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида гапирди 0 12:30Бугун Фомин Genesis Traiding Cup турниридаги иштирокини бошлайди 0 12:09Нодирбек Абдусатторов Saint Louis Rapid & Blitz турнирида иштирок этади 0 11:48PFL раҳбарияти Фрэнсис Нганнудан норози 0 11:27Хосеп Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этиши керак" 0 11:06"Чимаевга ҳатто профессионал лицензия ҳам бермасдим" - Дю Плессининг мураббийи 0 10:45Бивол IBF`дан камарнинг мажбурий ҳимоясини тиббий томондан кечиктиришни сўради 0 10:24"Qonaev Cup 2025". Суяровда яна ғалаба ва бошқа натижалар 0 10:03ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди 0 09:42Ига Свёнтек Потаповага бешта гейм берди 0 09:21Ўзбекистон ва Қозоғистондан Осиё чемпионати финалига неча нафардан боксчи етиб келди? (Барча жуфтликлар) 0 09:00UFC on ESPN 72 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 08:39"Эшитдик-да". Роналдиньо ва Луиш Фигу Тошкентга келади! 0 08:18Цинциннати "Мастерс". Янник Синнер рақибини сезмади 0

20 iyu 10:59
Yangiliklar

Tennis

Tunislik tennischi Berlinni zabt etdi

Teglar :  Ons Jaber WTA 500
Germaniyaning Berlin shahri mezbonlik qilgan WTA 500 turniri tunislik tennischining g'alabasi bilan yakunlandi.

Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning to'rtinchi raqamli tennis malikasi bo'lib turgan Ons Jaber WTA reytingining 17-pog'onasidan joy olgan shveycariyalik Belinda Benchichga qarshi kortga chiqdi. Birinchi set 6/3 hisobida Ons foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi setning uchinchi geymidan so'ng Belinda bahsni davom ettira olmasligini malum qildi. Bu paytda hisob 2/1, Jaber foydasiga bo'lib turgandi.

SHu tariqa, 54 daqiqa davom etgan va yakuniga etmay qolgan final uchrashuvida 27 yoshli Ons Jaber bosh sovrinni qo'lga kiritdi. U 6 ta eys, 3 ta breykni amalga oshirib, umuman qo'shxatoga yo'l qo'ymadi. 25 yoshli Belinda esa o'z hisobiga 1 tadan eys va breyk hamda uchta qo'shxato yozib qo'ydi. 

Bugun elon qilingan yangi reytingda Ons Jaber uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Bu uning faoliyatidagi eng yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi. Jaber faoliyatidagi uchinchi sovrinini qo'lga kiritdi. Berlindagi muvaffaqiyatli ishtirokidan u €93,823 pul mukofoti va 470 reyting ochkosi ishlab oldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing