04 may 14:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Turki Al ash-SHayx bu jang yuzasidan Usik bilan uchrashadi - The Ring
Saudiya Arabistoni Bosh ko'ngilochar boshqarmasi raisi Turki Al ash-SHayx superog'ir vazn toifasida WBA, WBC, IBF va IBO yo'nalishlari chempioni ukrainalik Aleksandr Usik bilan navbatdagi jangni tashkil etish bo'yicha uchrashuv o'tkazadi.
Bu haqda aynan ash-SHayxga tegishli The Ring jurnalisti Mayk Koppinger xabar berdi.
"Turki Al ash-SHayx Aleksandr Usik bilan uchrashib, agar u Riko Verxuvenni mag'lub etsa, shu yil oxirida Germaniyada bo'lib o'tadigan Agit Kabaelga qarshi The Ring jurnali talqini bo'yicha superog'ir vazn toifasida jahon chempioni unvoni uchun jangni muhokama qilishni rejalashtirmoqda", - deyiladi nashr xabarida.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar